Namangan viloyatiga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 7 okyatbr kuni Musoxon qori Abbosiddinov Namangan viloyatining bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar raisligida Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning majlisi bo‘lib o‘tgan.

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rilgan.

Unga ko‘ra, Abdulhay domla Tursunov o‘z arizasiga binoan Namangan viloyati bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilib, unga “Faxriy imom” maqomi berilgan. 

“Namangan viloyati bosh imom-xatibi lavozimiga Namangan shahar bosh imomi va “Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” jome masjidi imom-xatibi vazifasida ishlayotgan Musoxon qori Abbosiddinov tayinlandi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Musoxon qori Abbosiddinov 2010 yildan buyon Namangan shahar bosh imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan imom-xatib

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing