Namanganda kichik GES kaskadlari ishga tushirildi

Jamiyat

image

Bugun, 9 iyul kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanining “Obod guliston” mahallasida Katta Farg‘ona kanaliga qurilgan kichik GES kaskadlari ishga tushirildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Unda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan, “O‘zbekgidroenergo” aksionerlik jamiyati mutasaddilari, xitoylik hamkorlar vakillari, jurnalistlar ishtirok etdilar.

Umumiy qiymati 31 million AQSH dollariga teng bo‘lgan bu loyiha, “O‘zbekgidroenergo” AJning 22,3 million dollar o‘z mablag‘lari hamda Xitoyning “Eksimbank”i tomonidan ajratilgan kredit hisobiga qurib bitkazilgan. Loyihaning o‘zini o‘zi qoplash muddati 8,5 yil deb belgilangan.

6 megavattlik ikki kichik GESdan iborat kaskad Katta Farg‘ona kanalining PK 142 hamda PK 184 uchastkalari oralig‘ida insho etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi "2017 — 2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida"gi Qarori doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibida barpo etilgan bu kichik GES kaskadlari ishga tushishi natijasida Namangan viloyatida elektr energiyasi ishlab chiqarish yiliga 72,89 mln. kvt/soatga ortdi. Buning natijasida Uchqo‘rg‘on tumanidagi 48 ming xonadon ekologik toza texnologiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan GES

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing