Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
23 fevral 2021
6224Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Shuhrat Musayev tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
U bugunga qadar viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi vazifasini bajarib kelayotgandi.
Shuhrat Musayev 1973 yilda Namangan viloyatining Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1996 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1996 yilda viloyat “Istiqbolstat” bosh boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan.
2000—2017 yillarda viloyat “Iqtisodstat” bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasining umumiqtisodiyot kompleksini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, viloyat hokimligi referenti, bosh mutaxassisi, kotibiyat mudiri, axborot-tahlil guruhi rahbari vazifalarida faoliyat yuritgan.
U 2017 yildan shu kunga qadar viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15