Namangan va Samarqandda 4-5 yoshli qizlar YTH qurboni bo‘ldi
3-sahifa
−
26 iyul 2021
7163Namangan va Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi.
Namangan viloyat IIBning xabar berishicha, joriy yilning 23 iyul kuni Xazratishox-Chortoq yo‘lining 12 km.da, “Bodomzor” MFY hududida yth yuz bergan. 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Chortoq tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Oqibatda Damas rusumli avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchilar, Chortoq tumanida yashovchi, 1953 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan hamda shu avtomashinada bo‘lgan, Chortoq tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashagan, 2017 yilda tug‘ilgan qiz tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 23 iyul kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida ham yosh bola o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz bergan. Urgut tumani “Merganja” mahallasidan o‘tgan yo‘lda Cobalt avtomashinasi 5 yoshli qizni urib yuborgan.
Ma’lum qilinishicha, YTHga qizaloqning ota-onasi tomonidan qarovsiz qoldirilishi sabab bo‘lgan. Qizcha soat 8:00 larda bir o‘zi yo‘lni kesib o‘tayotganda katta tezlikda kelgan Cobalt uni urib yuborgan. So‘ng qiz qarama-qarshi tarafdan kelayotgan “ZIL” yuk mashinasining orqa g‘ildiraklari ostida qolib ketgan.