Namangan va Samarqandda 2,1 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlaganlar ushlandi

3-sahifa

image

Namangan va Samarqand viloyatlarida 2,1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, “Hududgaz Namangan“ gaz ta’minoti filiali xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirida Namangan shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.R. o‘zining yashash xonadonida novvoyxona tashkil etib, tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u faoliyati davomida davlatga 362,5 million so‘mlik zarar yetkazgan.

Shuningdek, Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi “S.Sh.“ oilaviy korxonasiga qarashli novvoyxona ham tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani oqibatida 1,3 milliard so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlangan.

Bundan tashqari, viloyatning Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro A.M. ham o‘z xonadonida noqonuniy issiqxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga yashirincha ulangani oqibatida davlat manfaatlariga 462,7 million so‘mlik zarar yetkazgan.

Bildirilishicha, hozirgi vaqtda mazkur holatlar bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi novvoyxonada 1,329 milliard so‘m miqdoridagi gaz talon-toroj qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Samarqand tabiiy gaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing