Namanganda hokimlik oldiga qo‘ylarni haydab borgan fuqaro qamaldi
Jamiyat
−
19 iyun 2021
15916Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi binosi oldiga qo‘ylarni haydab borgan fuqaro sud qilinib, beshta holat bo‘yicha aybdor deb topildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Joriy yil 18 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudining ochiq sud majlisida tuman hokimligi binosi oldiga qo‘ylarini olib kelgan fuqaro ishi ko‘rib chiqilgan. U O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi, 104-moddasi 1 qismi, 161-moddasi, 183-moddasi va 194-moddasining 1 qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan.
Fuqaroga MJtKning 54-moddasi 1 qismi bilan ya’ni bazaviy hisoblashning 5 baravari miqdoridagi jarima jazosi, MJtKning 104-moddasining 1-qismi va 161-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdoridagi jarima jazosi, MJtKning 183-moddasi bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi, MJtKning 194-moddasining 1 qismi bilan bazaviy hisoblashning 1 baravari miqdoridagi jarima jazosi tayinlandi.
LiveBarchasi