Nadal yarim yildan so‘ng ilk g‘alabasiga erishdi

Sport

image

“Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra g‘olibi Rafael Nadal yarim yildan so‘ng ilk marta g‘alaba qozondi va Melburndagi (Avstraliya) turnirda chorak finalga yo‘l oldi. Ikkinchi davrada u Litva vakili Rikardas Berankisni 6:2, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Qarama-qarshilik 1 soat 30 daqiqa davom etdi.

Nadal navbatdagi bahsda yarim final yo‘lida Aleksey Popirin (Avstraliya) – Tallon Grikspore (Gollandiya) qarama-qarshili g‘olibi bilan kuch sinashadi. 

“Qaytganimdan juda xursandman. Men uzoq vaqtdan beri kortgna chikmagan edim. G‘alaba – yoqimli va menga kurashni davom ettirish imkoniyatini berdi. O‘tgan bir necha oy men uchun oson bo‘lmadi. Ko‘plab muammolar bor edi. Chunki eng muhimi bu salomatlikdir. Yakkalik bahslaridan oldin jamoam bilan ritmga qaytish uchun juftlikda o‘ynash imkoniyatini muhokama qildim. Men Melburnda bo‘lganimdan va yana muxlislarni ko‘rganimdan xursandman”, deydi Nadal. 

Eslatib o‘tamiz, u so‘nggi marta 2021 yil avgust oyi boshida Vashingtondagi rasmiy musobaqada g‘alabaga erishgan edi. Shundan so‘ng jarohati sababli mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yubordi va ilk marta ATP reytingini 10-o‘rindan quyida yakunladi

Ma’lumot uchun, Melburndagi turnir 9 yanvar kuni yakunlanadi. Nadal katta ehtimol bilan “Australian open”da ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Nadal' Mel'burn

Baholaganlar

8

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing