Nabiralari knyazlardek ulg‘ayishini istamaydigan Prezident Putin 68 yoshni qarshiladi

Olam

image

Bugun, 7 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin 68 yoshni qarshiladi. U tug‘ilgan kunini o‘n oltinchi marta davlat rahbari sifatida nishonlamoqda. 

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga qaraganda, bu kunda davlat rahbari nafaqat dam oladi, balki xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘ndan ortiq telefon suhbatlarini o‘tkazadi, tabriklarni qabul qiladi, Rossiyaning dolzarb masalalari bilan yaqindan shug‘ullanadi. 

Yaqinlarnning tabriklari an’anaviy ravishda oqshomga qoldiriladi. "Kunning qolgan qismiga kelsak, ehtimol bu odatdagidek do‘stlar, qarindoshlar bilan o‘tadi", deydi Peskov. 

Putinning muvaffaqiyat falsafasi

20 yildan ortiq vaqt davomida davlatning yuqori lavozimlarida bo‘lgan Prezident Putinga har kuni "Siz kimsiz, janob Putin?", deb murojaat qilishadi. To‘g‘ri, hozirgacha hamma ham bu savolga javob topganicha yo‘q. 

Leningrad davlat universiteti yuridik fakulteti bitiruvchisi, iqtisod fanlari nomzodi va chet elda ishlash tajribasiga ega bo‘lgan tajribali razvedka xodimi. U hayotga bo‘lgan jiddiy munosabati maktab yillarida jang san’atlari tufayli shakllanganligini bir necha bor ta’kidlagan.  U hanuzgacha dzyudoni zamonaviy siyosatchilar uchun eng foydali sport turi deb biladi.

“Dzyudo ham tanaga, ham ongga mo‘ljallangan mashg‘ulot bo‘lib, u kuch, reaksiya, chidamlilikni rivojlantiradi, o‘zingizni boshqarishni, ayni damning keskinlikni his qilishni, raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘rishni o‘rgatadi", deydi Putin. 

Karate bo‘yicha qora belbog‘ sohibi, dzyudo va sambo bo‘yicha sport ustasi bo‘lgan Putin sportning jismoniy ta’sirini qadrlaydi. "Dzyudo – kichkina, ammo samarali harakatlar bilan natijalarga erishish qobiliyati”, deya tushuntiradi Prezident. Uning fikriga ko‘ra, "jang qilish amaliyoti ham murosaga, ham yon berishga imkon beradi, ammo bu faqat g‘alaba sari yo‘l ochilgan taqdirdagina mumkin" va muvaffaqiyatga birinchi navbatda axloqiy tayyorgarlik orqali erishiladi. 

Davlat rahbari ushbu prinsiplarning barchasini o‘z ishida – xalqaro muzokaralar olib borayotganda, mamlakatni rivojlantirishning ichki siyosatini shakllantirganda va amalga oshirishda qo‘llaydi. 

“Afsuski, dunyo miqyosida munosib "raqiblar" tobora kamayib bormoqda. Putin eng tajribali,  eng bilimdon, eng iste’dodli dunyo rahbari", deb hisoblaydi Peskov.

"Putin professional odam, u tafsilotlarni o‘rganmasdan biron bir ish bilan shug‘ullanmaydi. Shuning uchun Putin bilan bahslashish juda qiyin", deb ta’kidlaydi Peskov. Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, "Putin juda izchil, chet elda qanday ta’riflanganidan farqli o‘laroq, murosaga kelish ustasi". Peskovning ta’kidlashicha, "Putinning murosasi" ham Rossiya, ham sheriklar manfaatlarining buzilishiga olib kelmaydi, bu ikkala tomonning manfaatlarini hisobga oladi”. 

Prezident shaxsiy hayotini parda ortida qoldirishga harakat qilmoqda. Yetti yil oldin rafiqasi Lyudmila bilan ajrashgan.

Bir necha bor davlat rahbari qizlari – Mariya va Katerina haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra,  ular Moskvada yashaydilar, ilm-fan va ta’lim bilan shug‘ullanadilar. Yaqinda mamlakat prezidentning qizlaridan biri birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi mahalliy vaksinaning sinovida ishtirok etdi. 

Bundan tashqari, Prezidentning nabiralari bor, biroq davlat rahbari ular bilan muloqot qilish uchun har doim ham vaqt topa olmaydi. Putin nabiralari haqida boshqa tafsilotlarni aytmaydi. "Men ularning qanaqadir knyazlar bo‘lib o‘sishlarini istamayman, ularni oddiy odamlar kabi yetishtirishlarini xohlayman", deydi davlat rahbari. 

Putinga tug‘ilgan kunida yoki boshqa bayramlarda berilgan sovg‘alarning aksariyati Kremldagi Prezident kutubxonasida saqlanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

419

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing