Nahotki! Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunladi

Sport

image

Bugun, 18 dekabr kuni o‘zbek futbolining eng yorqin yulduzlaridan biri, O‘zbekiston terma jamoasi sobiq sardori Odil Ahmedov futbolchilik faoliyati yakunlanganini e’lon qildi. U bu haqda “Orzuning shonli yo‘li” nomli kitobining taqdimot marosimida aytib o‘tdi.

Odil Ahmedov nafaqat O‘zbekistonning, balki o‘z vaqtida Osiyoning eng yorqin futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etilgan. 

“Odil Ahmedovning mamlakatimiz futbolini rivojlantirish borasidagi keyingi rejalarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Umid qilamizki, u keyingi faoliyatida ham futbolimiz dovrug‘ini oshirishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi”, deyiladi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Ahmedov 1987 yilning 25 noyabr kuni Namangan shahrida tug‘ilgan. Professional futbolchilik faoliyatini 2006 yilda boshlagan va 2007 yilda milliy terma jamoa safida debyut qilgan. “Oq bo‘rilar” tarkibida 108 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 21 marta ishg‘ol etgan. 4 ta Jahon chempionati saralashida qatnashdi, 3 bor Osiyo kubogida ishtirok etdi va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

“Paxtakor” asosiy jamoasiga Valeriy Nepomnyashiy murabbiylik qilgan paytda jalb etilgan. Shuningdek, “Anji”, “Krasnodar”, “Shanxay SIPG”, “Tyanjin Teda” va “Sangju Layons” klublari sharafini himoya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Odil Ahmedov

Baholaganlar

421

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing