Nahotki! Ikardi Nara bilan ajrashsa, futbolchilik faoliyatini yakunlaydi

Sport

image
0:00
0:00
download

PSJ hujumchisi Mauro Ikardining rafiqasi va agenti Vanda Nara futbolchiga ishonishini aytdi. Uning fikriga ko‘ra, agar juftlik ajrashgan taqdirda Ikardi futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan. Bu haqda italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Avvalroq, Mauro Ikardi xotinini kolumbiyalik model Chayna Suares bilan uchrashmaganiga ishontirgani biroq Chaynaning tanishi Vanda Naraga ikkisining uchrashuvi haqida batafsil ma’lumot beruvchi elektron pochta xabarini yuborgani haqida xabar bergan edik.

“Mauro agar u bilan ajrashsam, faoliyatini yakunlashini aytdi. Uning Chayna Suares bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Men unga chin dildan ishonaman va puli uchungina u bilan emasman”, deydi Nara.

Eslatib o‘tamiz, xotinini qaytarish uchun argentinalik futbolchi shartnomalari (hozirgi va kelajakdagi), shuningdek, 2050 yilga qadar barcha mulkiga egalik qilish huquqini bergan. Bu taklifni 34 yoshli model qabul qilgan.

Ma’lumot uchun, Ikardi Nara bilan 2014 yilda turmush qurgan. O‘shanda Vanda argentinalik boshqa bir futbolchi Maksi Lopesdan voz kechib, Mauro bilan ishqiy munosabatga kirishgan. Lopes Lionel Messining yaqin do‘sti hisoblanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi PSJ Mauro Ikardi Vanda Nara Chayna Suares Nikolo Skira Maksi Lopes

Baholaganlar

386

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing