Nyu-Yorkdagi turnirda basketbolchi otib o‘ldirildi
Olam
−
09:29 2752 2 daqiqa
Joriy yilning 10 iyul kuni kechasi amerikalik basketbolchi Kayna Rochford Nyu-Yorkdagi turnirda o‘yinlar oralig‘idagi tanaffus paytida otib o‘ldirildi. Bu haqda politsiyaga tayanib, “New York Post” gazetasi xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, 35 yoshli sportchi boshidan o‘q yegan. Otishmaga uning boshqa bir erkak bilan janjallashib qolgani sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida yana ikki kishi jarohat olgan. Ular barqaror holatda shifoxonaga yetkazilgan.
“Nyu-Jersidagi Ferli Dikinson universitetining eng ko‘zga ko‘ringan o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Kinu Rochford Lennoks avenyusidagi “Martin Lyuter King” turarjoy majmuasida o‘tkazilayotgan “Kingdome Basketball Tournament” turnirida taxminan soat 22:30 atrofida boshidan o‘q yegan”, deyiladi xabarda.
Qo‘shnilardan birining aytishicha, Rochford ikki o‘g‘il va bir qiz farzandlardan biri bo‘lgan, uning ota-onasi esa Trinidaddan AQSHga borgan.
Mer Zohran Mamdani ushbu otishmani qoralagan va X ijtimoiy tarmog‘ida Rochfordning oilasi uchun “chuqur qayg‘uda” ekanini hamda “bu mantiqsiz zo‘ravonlik tugashi kerakligini” yozib qoldirgan.
Rochford Niderlandiya, Isroil, Fransiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar klublari sharafini himoya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Michigan shtati Dirborn shahridagi Fairlane Town Center savdo markazida sodir bo‘lgan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi, yana bir kishi jarohat olgan edi.
Live
Barchasi