Nyu-Yorkdagi sinagoga ostida yashirin tunnel topildi (video)

Olam

image

Kecha, 9 yanvar kuni Nyu-York politsiya departamenti Bruklindagi yahudiylikni targ‘ib qiluvchi Chabad-Lubavitch harakati bosh qarorgohi ostida noqonuniy qurilgan tunnelni topdi. Bu haqda mahalliy "Crown Heights Info" sayti xabar berdi.

Unga ko‘ra, Nyu-York politsiya departamenti Chabad-Lubavitch Jahon shtab-kvartirasi ostida noqonuniy qurilgan tunnelni aniqladi. Voqea ortidan Nyu-Yorkdagi tarixiy ibodatxonada kelib chiqqan to‘qnashuvlarda 10 dan ortiq Hasidik yahudiy dindorlari hibsga olingan.

Mahalliy ravishda “The 770" nomi bilan tanilgan, asosan yahudiylar yashaydigan Crown Heights mahallasidagi 770 Sharqiy Park yo‘li manzilidan keyin bu bino dunyodagi eng yirik yahudiy tashkilotlaridan biri bo‘lgan Chabad harakatining bosh qarorgohi hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda sinagoga a’zolarining tunneldan chiqib ketayotgani, politsiyaga qarshilik ko‘rsatishi ortidan kelib chiqqan janjal aks etgan.

Ma’lum qilinishicha, u yerdan matraslar ham topilgan. Politsiya noqonuniy va maxfiy qurilgan tunnel bo‘yicha tergov boshlagan.

Chabad-Lubavich shtab-kvartirasining matbuot kotibi Motti Seligson avvalroq bir guruh ekstremist talabalar ibodatxonaga ruxsatsiz kirish uchun qo‘shni binolardagi bir nechta devorlarni buzib o‘tishganini aytmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil dekabr oyida Isroil G‘azo markazida HAMAS yetakchilarining tunnellarini topgandi.


Maqola muallifi

Teglar

N'yu-York sinagoga yahudiy Chabad-Lubavitch

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing