Nyu-Yorkdagi otishmada gumonlanuvchi shaxs hibsga olindi
Olam
−
14 aprel 2022
5955Nyu-York politsiyasi xodimlari Bruklin metrosidagi otishmani uyushtirishda gumonlanayotgan shaxsni hibsga oldi. Bu haqda ABC News xabar bergan.
Qidiruv bir kundan ortiq davom etgan. Avval xabar berganimizdek, 62 yoshli Frenk Jeyms gumonlanuvchi sifatida ko‘rilmoqda.
“Frenk Jeyms hibsga olindi, u Bruklindagi tirbandlik vaqtida metro poyezdida otishma sodir qilgani uchun qidirilayotgandi”, deb yozilgan xabarda.
U terroristik hujumda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 aprel kuni Nyu-York metrosida otishma sodir bo‘lgandi. Uning oqibatida kamida 23 kishi jarohatlangan.
LiveBarchasi