Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etgan o‘zbekistonlik xonanda bo‘lgan

Jamiyat

image

Avvalroq, Nyu-York shahrida O‘zbekiston fuqarosi koronavirus infeksiyasiga chalinib, vafot etgani haqida xabar bergan edik.

AQSHda koronavirusdan vafot etgan o‘zbekistonlik xonanda Rustam Samarqandiy (Hojimuhamedov) bo‘lgan. Bu haqda jurnalist Karim Bahriyev ma’lum qildi.

“Alloh rahmat qilsin, bu oqshom AQSHda karonavirusdan vafot etgan Rustam Hojimuhamedov “Qurbon o‘lam” qo‘shig‘ini uni ilk aytgan bobomiz Xoji Abdulazizdan keyin eng yuksak ovozda aytgan qo‘shiqchi edi”, deya yozib qoldirgan Bahriyev.

51 yoshli Rustam Hojimamedov Rustam Samarqandiy taxallusi ostida ijod qilardi. U mashhur hofiz Abram Tolmasovning shogirdi hisoblanardi. Rustam Samarqandiy shirali ovozi hamda mumtoz kuylarni ijro etish mahorati bilan mashhur edi.

Tashqi ishlar vazirligi xorijda koronavirusga chalingan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra quyidagi davlatlarda o‘zbekistonliklar koronavirus yuqtirgan:

•    Avstriya — 1 nafar;
•    Armaniston — 1 nafar;
•    AQSH — 10 nafar;
•    BAA — 1 nafar;
•    Janubiy Koreya — 1 nafar;
•    Pokiston — 5 nafar;
•    Rossiya — 1 nafar;
•    Tailand — 1 nafar;
•    Qozog‘iston — 2 nafar.

Eslatib o‘tamiz, Rustam Samarqandiygacha AQSHda ikki nafar o‘zbekistonlik koronavirus infeksiyasidan vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

476

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing