Nyu-Yorkda o‘zbek maktabi ochildi

Jamiyat

image

AQSHning Nyu-York shahrida “Ziyo Art” o‘zbek maktabi ish boshladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Megapolisning Bruklik mavzesida joylashgan maktab ochilishi joriy yilning 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Tadbir O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi va “Mahalla USA” diaspora tashkiloti bilan birgalikda tashkil etildi.

Bosh konsulxona ma’lumotlariga ko‘ra, maktab 16 Avenue O, Brooklyn NY 11204 manzilida joylashgan bo‘lib, quyidagi fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi: “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Odobnoma”, “Tasviriy san’at”, “Shaxmat” va “Matematika”.

“Darslar shanba va yakshanba kunlari o‘zbek tilida O‘zbekistondan olingan maxsus o‘quv materiallaridan foydalangan holda malakali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. O‘qituvchilar tanlov asosida saralab olingan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Bosh konsulxona O‘zbekiston Hukumati nomidan o‘zbek maktabi kutubxonasi fondiga kitoblar va badiiy adabiyotlarni topshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

312

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing