Nyu-Yorkda notinchlikka tayyorgarlik boshlandi
Olam
−
21 oktabr 2020 8935 1 daqiqa
Nyu-York Hukumati AQSHdagi umumiy saylovlardan so‘ng shaharda boshlanishi mumkin bo‘lgan notinchlikka tayyorlanmoqda. Tegishli bayonot Nyu-York meri Bill de Blazio tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida e’lon qilingan.
Matbuot anjumanida De Blazio bunday holatlar ehtimoli bo‘yicha muhokamalar olib borilayotganini ta’kidlagan.
"Bunday ishlar politsiya bo‘limida ham, shahar kengashida ham olib borilmoqda", degan u.
De Blazioning so‘zlariga ko‘ra, shahar ma’muriyati ko‘plab odamlar o‘z fikrlarini ko‘chada ifoda etishni istaydi, deb o‘ylamoqda.
"Biz ularning norozilik huquqlarini himoya qilishimiz kerak. Lekin, zo‘ravonlik qilishga urinishlariga toqat qilmaymiz, buni darhol to‘xtatish kerak bo‘ladi", degan shahar hokimi.
AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp amerikaliklarni norozilik va zo‘ravonlik namoyishlari boshlanishidan qo‘rqmaslikka chaqirgan. Oq uy rahbari mamlakatda qonunga rioya qilish ta’minlanadi, deb va’da bergan.
Ma’lumot uchun, AQSHdagi saylovlarga tobora oz fursat qolmoqda. Saylovlar joriy yilning 3 noyabr kuni o‘tkaziladi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28