Nyu-Yorkda namoyish. Odamlar Trampdan iste’fo talab qilyapti

Olam

image

AQSHda namoyishchilar amaldagi Prezident Donald Tramp va vitse-prezident Mayk Pensdan o‘z lavozimlarini tark etishlarini talab qilishmoqda. Ular Nyu-York shahar hokimligi binosi oldida yig‘ila boshlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya vertolyoti namoyishchilarni kuzatmoqda. Miting maydonida Ichki ishlar idoralari xodimlarining kuchaytirilgan patrul xizmati navbatchilik qilmoqda. Vaziyat hozircha tinch ekanligi ma’lum qilingan. 

Ta’kidlanishicha, namoyishchilar orasida "Black Lives Matter" harakati faollari ham bor. Yig‘ilganlar soni hali unchalik ko‘p emas.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Amerika Qo‘shma Shtatlarida Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, demokrat Jo Bayden amaldagi Prezident, respublikachi Donald Trampdan kichik farq bilan oldinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

saylov namoyish

Baholaganlar

330

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing