Nyu-Yorkda Infantinoni lavozimidan chetlatishga chaqiruvchi banner paydo bo‘ldi
Sport
−
18:21 283 1 daqiqa
Nyu-York shahridagi Tayms-skver maydonida FIFA prezidenti Janni Infantinoni lavozimidan chetlatishga chaqiruvchi banner paydo bo‘ldi.
Reklama ekranida navbatma-navbat “Futbol konfederatsiyalari, Infantinoni chetlating” va “FIFA dilerga emas, yetakchiga munosib” degan yozuvlar, shuningdek, #InfantinoOut xeshtegi namoyish etildi.
Aksiya tashkilotchilari o‘zlarini futbol muxlislari nomidan harakat qilayotganini bildirib, Infantinoni xalqaro futbol huquqlarini xususiy investorlarga berishga urinishda aybladi. Ular muxlislarni Infantinoning turnir va uchrashuvlardagi ishtirokiga qarshi norozilik bildirishga hamda FIFA tadbirlarini boykot qilishga chaqirdi.
Noroziliklar FIFA’ning “FIFA Forward Enterprise” loyihasi atrofidagi mojarodan keyin kuchaydi. Ushbu reja doirasida yangi tijoriy kompaniyaning 20 foizlik ulushini xususiy investorlarga sotish orqali taxminan 4,2 milliard dollar jalb qilish ko‘zda tutilgan edi. Biroq UEFA va boshqa futbol tashkilotlarining keskin qarshiligidan so‘ng FIFA loyihani bekor qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Londonda joylashgan “Ten Toes Media” marketing agentligi bilan Janni Infantinoning obro‘sini himoya qilishi uchun 2,7 million yevrolik shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi