Nyu-Yorkda 25 yoshli yigit yo‘lovchilarga qarata o‘q uzdi

Olam

image

Amerikaning Nyu-York shtatida skuterda ketayotgan erkak bir qancha yo‘lovchilarga qarata o‘q uzishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi hamda uch kishi yaralandi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

“Biz jinoyat sabablarini bilmaymiz. Hodisa tasvirlangan videodan ko‘rinib turibdiki, yigit hech kimni nishonga olmagan, hech kimning orqasidan quvmagan. U tasodifan odamlarga qarata o‘q uzgan”, deydi tergov byurosi rahbarining yordamchisi Jozef Kenni.

25 yoshli yigit otishmada gumonlanib, hibsga olingan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Nyu-York politsiyasining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil aprel oyida zo‘ravonlik jinoyatlari soni 2021 yilning shu oyiga nisbatan 42,7 foizga oshgan. Bundan tashqari, so‘nggi ikki yilda shaharda qotilliklar soni 9,2 foizga oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

N'yu-York

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing