Nyu-York metrosi “shubhali tarzda” yirik yong‘in ichida qoldi
Olam
−
27 mart 2020
8813Bugun, 27 mart kuni AQSHning Nyu-York shtatidagi metro stansiyalaridan birida yirik yong‘in chiqdi. Bu haqda NBC 4 telekanali xabar bermoqda.
Guvohlar yong‘in haqida mahalliy vaqt bilan 03:00 lar atrofida xabar bergan. Ularning ta’kidlashicha, 110-ko‘chada joylashgan Sentral-park-Nort stansiyasining panjaralari orasidan tutun chiqqan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va 16 kishi jarohatlangan. Ulardan to‘rt kishining ahvoli o‘ta og‘ir, deya baholanmoqda.
Ayni daqiqalarda tergovchilar guvohlarni so‘roq qilinmoqda. Rasmiylarning fikriga ko‘ra, yong‘in ataylab qilingan-qilinmaganligini aytish uchun hali erta. Ammo ular voqeani "shubhali", deya baholagan.
LiveBarchasi