Agar saylansam, Netanyaxuni hibsga olishga order beraman – Mamdani
Olam
−
13 Sentabr 2025 49181 2 daqiqa
Nyu-York meri lavozimiga nomzodlardan biri Zoxran Mamdani, agar saylansa, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olishga order berishga va’da berdi. Bu haqda u “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Nashrning yozishicha, Netanyaxuni hibsga olish amalda imkonsiz va federal qonunni buzishi mumkin. Biroq, Mamdanining va’dasi Nyu-Yorkda kuchli reaksiyaga sabab bo‘ladi.
Avgust oyida Buyuk Britaniya G‘azo sektorini bosib olish rejalari tufayli Isroilga qarshi sanksiyalar ishlab chiqayotgani ma’lum bo‘ldi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta Britaniya vazirliklari ularni tayyorlamoqda. Misol uchun, Mudofaa vazirligi Isroil mudofaa kuchlarining (IDF) Britaniyada mashg‘ulotlarini taqiqlashi mumkin. Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligi Isroilga anklavni bosib olishning qabul qilinishi mumkin emasligini ishonchli tarzda ko‘rsatadigan choralarni qidirmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 21 noyabr kuni XJC Bosh vazir Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni “harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar”da hibsga olish uchun order berdi. Ba’zi davlatlar, xususan, Vengriya, Avstriya, Chexiya va Germaniya XJC qaroridan noroziligini bildirib, unga rioya qilmasliklari mumkinligi haqida bayonotlar berdi. Fransiya ham Xalqaro jinoiy sud qaroriga qaramay, Netanyaxuni mamlakat hududida hibsga olinmasligini bildirdi. AQSH ham XJS qarorini qoraladi. Kreml voizi Dmitriy Peskov esa XJS harakati biror narsaga yordam berishi dargumon ekanini aytdi.
O‘z navbatida, Buyuk Britaniya, Kanada va Niderlandiya agar Binyamin Netanyaxu mamlakat hududiga kelsa, uni Xalqaro jinoiy sud orderi bo‘yicha hibsga olishini bildirdi.
Live
Barchasi