Nyu-York Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi bo‘lgan o‘zbekistonlik olim vafot etdi

Jamiyat

image

O‘simliklar genetikasi va seleksiyasi bo‘yicha yirik mutaxassis, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti laboratoriya mudiri Miradham Fuzailovich Abzalov 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda FA xabar bermoqda. 

Miradham Abzalov 1941 yil 14 mart kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 

58 yil davomida o‘simliklar genetikasi va seleksiyasi yo‘nalishida samarali mehnat qildi. 1967-1990 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. 1990 yildan Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida laboratoriya mudiri lavozimida ishlab kelayotgandi. 

U 1991 yil Moskvada Rossiya Fanlar akademiyasining N.I.Vavilov nomidagi Umumiy genetika instituti ixtisoslashgan ilmiy kengashida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. 1993 yilda professor, 1994 yildan Nyu-York Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi bo‘lgan. 

Miradham Abzalov soya o‘simligini Respublikaning oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligidagi o‘rnini va tuproq unumdorligini oshirish imkonlarini e’tiborga olgan holda 1997 yildan Institut ilmiy yo‘nalishiga soya o‘simligini kiritib, uning 130 dan ortiq genofondini to‘plagan. Hozirgi kunda uning 40 dan ortiq genetik kolleksiya tizmalarini ajratgan, morfobiologik va xo‘jalikda ahamiyatli belgilarini genetikasini o‘rganish natijasida qisqa muddat ichida soyani ikki navini “Genetik-1” 2009-yildan va “Sochilmas” 2015-yildan tumanlashtirishga erishdi va Davlat Reyestriga kiritgan. 

U faol olim sifatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti ilmiy kengash a’zosi, katta ilmiy xodimlik maktabiga kirish imtihoni bo‘yicha Hay’at raisi, O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutidagi ixtisoslashgan doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiluvchi kengash a’zosi va seminar raisi edi. 

QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Miradham Abzalov Fanlar akademiyasi

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing