MYUning mag‘lubiyatsiz seriyasi 6 ta o‘yinga yetdi
Sport
−
24 fevral 1740 1 daqiqa
Kecha, 23 fevral kuni Angliya Premer-ligasining 27-turi doirasida “Manchester Yunayted” jamoasi “Everton”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Shu orqali manchesterliklarning bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi Maykl Kerrik qo‘l ostida mag‘lubiyatsiz seriyasi olti o‘yinga yetdi.
Angliya Premer-ligasining 27-turidan o‘rin olgan so‘ngi uchrashuvda “Manchester Yunayted” safarda “Everton”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni Benjamin Sheshko 71-daqiqada kiritdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “qizil iblislar” 48 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Shu tariqa, “qizil iblislar” 6 ta o‘yinda 5 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etib, barqaror natija ko‘rsatmoqda.
Jamoa navbatdagi bahsni joriy yilning 1 mart kuni o‘z maydonida “Kristal Pelas”ga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Kerrik 2026 yil yanvar oyida Ruben Amorim murabbiylik lavozimini tark etganidan so‘ng jamoaning vaqtinchalik bosh murabbiyiga aylangandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr