MYU Yevropa ligasi guruh bosqichida o‘ziga xos natija qayd etdi
Sport
−
31 yanvar
197631 yanvarga o‘tar kechasi “Manchester Yunayted” Yevropa ligasi umumiy bosqichining so‘nggi 8-turida FKSB klubini mag‘lub etdi. Buxarestdagi o‘yin 2:0 hisobida Ruben Amorim shogirdlari foydasiga hal bo‘ldi.
Shu tariqa, Ruben Amorim shogirdlari Yevropa ligasining umumiy guruh bosqichini birorta ham mag‘lubiyatga uchramay yakunlagan yagona klubga aylandi. “Mankunianlik”lar hisobida beshta g‘alaba va uchta durang bor.
“Manchester Yunayted” 18 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinni egalladi. Jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri turnir nimchorak finalga yo‘l oldi. 21 fevral kuni musobaqaning mazkur bosqichiga qur’a tashlanadi va o‘shanda “qizil iblislar” o‘z raqiblarini bilib oladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 31 yanvar kuni Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining pley-off bahslariga qur’a tashlanishi xabar qilingandi. Marosimga Shveysariyaning Non shahri mezbonlik qiladi.
LiveBarchasi