MYU – “Yang Boyz” uchrashuvi neytral maydonga ko‘chirilishi mumkin

Sport

image

UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” – “Yang Boyz” uchrashuvi “Old Trafford”dan neytral maydonga ko‘chirilishi mumkin.

Gap shundaki, Shveysariya koronavirusning omikron shtammi paydo bo‘lishi munosabati bilan Buyuk Britaniyadan kirishga qo‘yilgan cheklovlarni o‘zgartirdi. Endilikda mamlakatga kirgan har bir kishi koronavirusga qarshi test topshirishi kerak va 10 kunni karantinda o‘tkazadi.

“Yang Boyz” klubi vakillari “F” guruhi o‘yinlari joriy yilning 8 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi sababli, Angliyadan qaytgan futbolchilar va xodimlar uchun karantin cheklovi talab qilinadimi yoki yo‘qligini aniqlashga harakat qilmoqda.

UEFA esa Angliya futbol assotsiatsiyasi hamda Shveysariya futbol federatsiyasi, shuningdek, klublar bilan doimiy aloqada ekanligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” 10 ochko jamg‘arib, YeCHL 1/8 final bosqichiga yo‘llanmani naqd qilgan. So‘nggi o‘rinni egallab turgan “Yang Boyz” hisobida 4 ochko mavjud va jamoa so‘nggi tur oldidan pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qolgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya UEFA Yang Boyz Man Yunayted

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing