MYU va “Barselona” futbolchi almashishi mumkin

Sport

image

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag rahbariyatdan vinger Jeydon Sanchoni jamoadan qo‘yib yuborishni so‘radi. Bu haqda “Diario Sport” xabar berdi.

Klub 2021 yilning yozida “Manchester Yunayted” futbolchi uchun Dortmundning “Borussiya”siga to‘lagan  85 million yevroni endi hech qaysi klub bermasligini tushunadi. Shu bois inglizlar Sanchoni “Barselona”futbolchisi Rafinya Diasga almashtirishni taklif qildi.
Sancho 26 avgustdan beri “Manchester Yunayted”da o‘yin amaliyotisiz qolmoqda – u ten Xag bilan mojaro tufayli asosiy jamoadan chetlatilgan. Joriy mavsumda Sancho atigi 3 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Rafinya 2022 yilning yozida “Barselona” futbolchisiga aylandi, u “Lids”dan 58 million yevroga sotib olindi. Joriy mavsumda u 15 uchrashuvda 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, “Borussiya” va “Manchester Yunayted” Sanchoni Deniel Malenga almashish bo‘yicha muzokaralar olib borishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Erik ten Xag Borussiya Jeydon Sancho Diario Sport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing