MYU Ronalduning o‘rniga tovon puli bir milliard yevrolik futbolchini olib kelmoqchi
Sport
−
30 noyabr 2022 6771 1 daqiqa
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati faoliyatini Angliya premer-ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Triball Football" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda.
“Qizil iblislar” 20 yoshli Fatini yaqinda shartnomasi bekor qilingan portugaliyalik Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. "Mersisaydliklar" esa Ansuni "Bavariya"ga ketgan senegallik Sadio Manega muqobil deb bilmoqda.

Fatining "Barselona" bilan tuzilgan shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli bir milliard yevroni tashkil qiladi.
Live
Barchasi