MU rahbariyati Ronaldu borasida muhim qaror qabul qildi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Manchester United” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelasi mavsumda ham “qizil iblislar” safida harakat qiladi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “United” rahbariyati 37 yoshli futbolchini hech qayerga qo‘yib yubormasligini ma’lum qilgan. Shuningdek, Manchester klubining yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag Krishtianu Ronalduni o‘z rejalariga kiritgan va portugaliyalik super hujumchi bilan ishlashdan mamnun bo‘ladi.

Avvalaroq Ronaldu “Manchester United”ning transfer siyosatidan norozi ekanligi va shu sabab klubni tark etishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgandi. Ronalduga da’vogarlik qilgan “Bavariya” oylik maoshining kattaligi bois ushbu xaridni amalga oshirishdan voz kechgandi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Ronaldu Angliya Premer ligasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, portugaliyalik iqtidor egasi UEFA Chempionlar ligasining 7 ta o‘yinida 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ronaldu MYU

Baholaganlar

899

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing