MYU murabbiyi Ronalduga nimalar dedi?

Sport

image

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik Angliya Premer ligasining 17-turidan o‘rin olgan “Brentford”ga (3:1) qarshi qoldirilgan o‘yinda almashtirilganidan norozi bo‘lgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan suhbati haqida gapirdi.

“Ronalduni almashtirganimdan so‘ng, u nega o‘yindan olinganini so‘radi. Men bu qarorni jamoa manfaatlaridan kelib chiqib qabul qilganimni tushuntirdim. Men Garri Maguayr hisobiga besh kishilik himoyaga o‘tishga qaror qildim va Markus Reshfordni tezkor o‘ng qanot himoyachisi sifatida sinab ko‘rishimni aytdim. Menimcha, qaror to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Krishtianuning kayfiyati tushib ketgani aniq. U – to‘purar, maydonda qolib, gol urishni istaydi. Lekin biz uchun ixcham o‘yin ko‘rsatish, maydonda yangi kuchlar va belgilangan zarbalardan himoyalanish uchun muhimroq edi”, deydi Rangnik.

Shuningdek, Rangnik Ronalduning o‘yin uslubi va xarakteri haqida ham fikr bildirdi.

“Uchinchi golimizdan keyin men unga: “Eshit, Krishtianu. Tushundimki, sen hali ham juda ambitsiyalarga boysan va gol urishni xohlaysan. Lekin, balki bir-ikki yildan so‘ng, murabbiy bo‘lganingda ham xuddi shunday qarorga kelarsan”, dedim. Men to‘purarlarni bilaman, ular qanday fikrda ekanligini tushunaman. Lekin qarorlarni jamoa manfaati uchun qabul qilaman”.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Angliya Peremer ligasi 17-turning “Brentford”ga qarshi qoldirilgan uchrashuvning 70-daqiqasidayoq zaxiraga olinganini “hazm qila olmagan” edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

MYu Ronaldu Rangnik

Baholaganlar

60

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing