MYU ketishni xohlayotgan Lukaku o‘rniga hujumchi topdi
Sport
−
19 iyul 2019 5550 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Romelu Lukaku Milanning “Inter” klubiga o‘tishni xohlamoqda. Italiya klubi bosh murabbiyi Antonio Konte ham forvardni o‘z jamoasida ko‘rish niyatida.
Faqat tomonlar transfer narxi borasida aniq bir to‘xtamga kelishsa bo‘lgani. Ma’lum bo‘lishicha, “qizil iblislar” futbolchi uchun 80 mln yevro talab qilmoqda. “Inter” esa bu narxni kamaytirishga erishmoqchi.
MYU rahbariyati futbolchining jamoani tark etishni xohlayotganini inobatga olib uning o‘rniga hujumchi qidirishni boshlab yubordi. Asosiy nomzod sifatida o‘tgan mavsumda APLda 22 ta gol bilan “oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan Per-Emerik Obameyang ko‘rilmoqda.
MYU gabonlik hujumchini 62 mln yevroga “Arsenal”dan sotib olishga umid qilmoqda. London klubi rahbariyati hozircha bu xabarlarga munosabat bildirmadi.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” Obameyangni “Borussiya Dortmund”dan bir yarim yil avval xarid qilgan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust