MYU “Inter” posboni uchun 50 million yevro to‘laydigan bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Italiyaning “Inter”i bilan Andre Onanani transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda futbol jurnalisti Janluka Di Marsio o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar kelishuvning asosiy jihatlari bo‘yicha murosaga kelgan. Hozirda faqat to‘lovlar bilan bog‘liq masalalarni hal qilish qolgan.

Italiya klubi darvozabon uchun taxminan 50 million yevro oladi, “Inter”ga turli bonuslar ham taqdim etiladi.

“Manchester Yunayted” kamerunlik futbolchiga Amerika vizasini tayyorlatmoqda, chunki jamoa tez orada AQSH bo‘ylab mavsumoldi turnega yo‘l oladi.

Onana “qizil iblislar” bilan 2028 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Kelishuvga ko‘ra, keyinchalik shartnomani yana bir yilga uzaytirish mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, Onana tarixdagi eng qimmat darvozabonlardan biriga aylanadi.

Darvozabon 2022 yilda erkin agent sifatida “Inter”ga o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Inter Andre Onana

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing