MYU bir qator top futbolchilari bilan xayrlashmoqchi

Sport

image

Keyingi ikki transfer oynasida “Manchester Yunayted”ni 10 dan ortiq futbolchi tark etishi mumkin. Bu haqda “Manchester Evening News” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” tarkibni tozalash strategiyasiga amal qilmoqchi. O‘tgan yozda jamoani 12 nafar futbolchi tark etgandi. Klub shu bilan to‘xtamoqchi emas – 2024 yil yozgi va qishki transfer oynalarida inglizlar jamoasini yana 10 nafar futbolchi tark etishi kutilmoqda.

Darvozabon Tom Xiton va himoyachilar Jonni Evans, Alvaro Fernandes va Brendon Uilyamsning shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. “Mankunianliklar” ayni damda bu futbolchilar bilan ishlashni davom ettirishni istamayapti.

Turli sabablarga ko‘ra Donni van de Bek, Viktor Lindelof, Meyson Grinvud, Jeydon Sancho, Antoni Marsyal, Sofyan Amrabat, Kristian Eriksen va Kazemiro kabi futbolchilarning ham Angliya klubida qolishi so‘roq ostida.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Kazemiro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing