Kazemiro Messining jamoadoshiga aylanadi – Romano
Sport
−
11:23 515 1 daqiqa
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro o‘z faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettiradi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 34 yoshli braziliyalik futbolchi “Inter Mayami”ga o‘tishga qaror qilgan va allaqachon Amerika klubi bilan yirik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Xabarlarga ko‘ra, yarim himoyachi bir nechta Yevropa jamoalari, Saudiya Arabistoni, Qatar va Braziliya klublarining takliflarini rad etib, Floridaga ko‘chib o‘tishni afzal ko‘rgan.
Kazemiro “Inter Mayami” loyihasi hamda Lionel Messi va Luis Suares bilan bir jamoada to‘p surish imkoniyatiga qiziqqan. Shuningdek, braziliyalik futbolchi MLS’dagi ustuvor muzokara huquqiga ega bo‘lgan “Los-Anjeles Gelaksi” klubining taklifini ham rad etgan.
Ma’lumot uchun, Kazemiro to‘rt mavsumdan so‘ng, “Manchester Yunayted”ni tark etadi. U bu mavsum faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o‘tkazib, 9 ta gol urdi va Maykl Kerrik boshqarayotgan jamoaning Premer-ligada uchinchi o‘rinni egallashiga yordam berdi.
Braziliyalik futbolchining “Manchester Yunayted” safidagi so‘nggi uchrashuvi “Brayton”ga qarshi bo‘ladi.

Live
Barchasi