Samarqand bosh arxitektori va uning sheriklari ustidan sud ishi boshlandi
Jamiyat
−
05 dekabr 2019
6969Samarqand viloyati bosh arxitektori lavozimida ishlagan Bobir Elmuradov 7 milliard so‘mni talon-taroj qilishda ayblanmoqda. Bugun, 5 dekabr kuni Samarqand bosh arxitektori Bobir Elmuradov va boshqa ayblanuvchilarga nisbatan sud ishi boshlandi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov xabar bermoqda.
Bobir Elmuradov 1983 yilda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, viloyat bosh arxitekori, ilgari Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etishda gumon qilinmoqda.
Bundan tashqari, K.Shukurovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 3-qismi, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 227-moddasi 1-qismi, 28,205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 28,209-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etishda gumon qilinmoqda. U “Afrosiyob Story Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
T. Xalikulov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Mazkur jinoiy ish Samarqand shahar jinoyat sudi sudyasi Zarifa Ahmedova raisligida ko‘rib chiqilmoqda. Sud ishi 8 noyabr kuni boshlangan. Ayni vaqtda sud tergovi davom etmoqda va guvoh ko‘rsatmalari tinglanmoqda.
LiveBarchasi