Erdo‘g‘an Kiyev va Moskva o‘rtasida dallollikka rozi bo‘ldi
Olam
−
07 mart
3355Turkiya hukumati Ukrainada tezda o‘t ochishni, quruqlik, havo va dengizdagi hujumlarni to‘xtatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 7 mart kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlarining onlayn yig‘ilishida so‘z ochdi.
“Biz strategik hamkorimiz bo‘lgan Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz adolatli, uzoq muddatli va munosib tinchlik uchun kurashayotgan har ikki tomon muzokaralar stoliga o‘tiradigan mustahkam diplomatik asosning muhimligiga e’tibor qaratamiz. Biz tez o‘t ochishni to‘xtatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaymiz”, degan Turkiya rahbari.
Shuningdek, Erdo‘g‘an Turkiya muzokaralarga mezbonlik qilishga tayyor ekanini bildirgan.
“Biz Ukrainada sharafli tinchlikni ta’minlash uchun har qanday hissa qo‘shishga, jumladan, muzokaralar o‘tkazishga tayyormiz”, degan Turkiya rahbari.
Qolaversa, Erdo‘g‘an Yevropa xavfsizligi faqatgina YeIga a’zo davlatlarni emas, aksincha, barcha ittifoqchilarni tashvishga soladigan masala ekanligini ham qo‘shimcha qilgan.
Davlat rahbari, shuningdek, Turkiya ham Yevropa Ittifoqiga kirish masalasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini aytib o‘tgan.
“Biz to‘liq a’zo bo‘lish maqsadimizni qat’iy saqlaymiz”, degan Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, 27 fevral kuni Istanbuldagi AQSH Bosh konsulligida Rossiya-AQSH muzokaralari bo‘lib o‘tgandi. Amerika delegatsiyasiga AQSH Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Sonata Koulter, Rossiya delegatsiyasiga esa Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Atlantika departamenti direktori Aleksandr Darchiyev boshchilik qildi.
LiveBarchasi
Trenddagilar
