Muzlik davrida tug‘ilgan tirik hayvon topildi

Bu qiziq

image

Tinch okeani tubida yashovchi umurtqasiz hayvonlardan biri kamida 17 ming yil yashagan Yerdagi eng qadimgi tirik mavjudot sifatida rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Nation world news” nashri xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rtacha umr ko‘rish bo‘yicha rekord egalari poriferlar, bir necha ming yil yashaydigan dengiz hayvonlaridir. Ammo turning bu vakili muzlik davridan beri hayot kechirmoqda. U Janubiy Xitoy dengizi, Tinch okeanining ming metrdan chuqur joyidan topilgan. Ular detrit, plankton, bakteriyalar, viruslar bilan oziqlanadi. 

Laboratoriyada hayvonning spikulalari ko‘ndalang kesim bo‘yicha tekshirildi. Ma’lum bo‘lishicha, bu organizmlar karbonat angidridni organik uglerodga aylantiradi. Bu sikl sayyorani xavf ostida qoldirayotgan global isishni cheklashga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, Antarktida qirg‘oqlari yaqinida tadqiqot o‘tkazayotgan olimlar yangi dengiz osti jonzotini qo‘lga oldi. Noodatiy hayvonning 20 ta “qo‘li” va o‘ziga xos tanasi mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

rekord Tinch okeani hayvon Muzlik davri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing