Muzlar eriyapti...mi? Britaniya va Rossiya yarashgisi kelib qoldi

Olam

image

Buyuk Britaniya va Rossiya “muzlab” qolgan diplomatik aloqalarni tiklash imkoniyatlarini o‘rganib chiqyapti. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Nashr tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Katta yigirmatalik” sammiti davomida uchrashuv o‘tkazishi mumkin. Mey va Putin tomonlar muzokaradan biror natija chiqishi va samara berishiga ishonch hosil qilsagina uchrashadi.

Agar muzokaralar amalga oshsa, bu 2018 yil mart oyida Rossiya Davlat razvedka boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning Solsberi shahrida zaharlangandan keyingi birinchi uchrashuv bo‘ladi. Britaniya Skripallar zaharlanishida hamon Rossiyani aybdor deb biladi. Ammo ma’lum shartlar asosida munosabatlarning qisman tiklanishi tarafdori.

Rasmiy London rasmiy Moskva o‘z aybini tan olishiga ishonmayapti. Biroq Britaniya Kreml bunday holatlar boshqa takrorlanmasligini kafolatlashiga umid qilyapti.

Britaniya Skripallar voqeasidan keyin 23 nafar rus diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborgandi. Rossiya ham bunga diplomatlarni chiqarib yuborish bilan javob qaytargandi.

Ma’lumot uchun, G20 sammiti 28-29 iyun kuni Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Buyuk Britaniya

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing