Video: Mingbuloqdagi kondan neft olindi. Alisher Sultonov va Xayrullo Bozorov voqeani neftchilardek nishonladi

Jamiyat

image

Kecha, 6 may kuni Namangan viloyati Mingbuloq neft konida ilk “qora oltin” olindi. Mingbuloq neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasiga asosan sinov tariqasida neft olingan.

Loyihani amalga oshiruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Mingbuloqneft” qo‘shma korxonasi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi  - CNPC tomonidan tashkil etilgan.

Loyiha O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida energetika sohasi bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik loyihalardan biri bo‘lib, u “Bir makon – bir yo‘l” tarixiy strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Ekspertlarning fikricha, Mingbuloq koni bir necha sabablarga ko‘ra murakkab loyiha sanaladi. Konni o‘zlashtirish: katta chuqurlik (6000 m va undan yuqori); yuqori rezervuar bosim (115 MPa dan ortiq) va rezervuar harorat (168 darajadan dan ortiq) va kabi omillarga shular jumlasidandir.

Ma’lumot o‘rnida, Xitoyning Tarim havzasidagi bunday konlarni o‘zlashtirishda SNPC neft kompaniyasi katta tajriba orttirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov va Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Mingbuloqdagi kondan ilk bor neft olinganini nishonlayotgani aks etgan video tarqaldi. Unda vazir va hokim yangi neftni yuziga surtib, xursand bo‘lib turganini ko‘rish mumkin.

Videodan ko‘rinib turibdiki, neftchilarda xursandchilikni nishonlashning o‘ziga xos odati shakllangan. 


Maqola muallifi

Teglar

neft' Mingbuloq

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing