Mutaxassislar jigar uchun eng xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi 

Foydali

image

Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari inson organizmidagi eng muhim organlardan biri — jigarga bevosita tahdid soladi. “Doktor Piter” portali bir qator ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, ulardan eng xavflilari haqida ma’lumot berdi.  

Avvalo, mutaxassislar tarkibida shakar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlariga e’tibor berishni tavsiya qilgan. Masalan, ularga xavfli kimyoviy moddalar, aromatizatorlar va jigarni samarali ishlashini qiyinlashtiradigan qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan gazli ichimliklar kiradi. 

Mutaxassislar, shuningdek, mevalarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilmaslikni tavsiya qilgan: ularning tarkibida shakarga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadigan fruktoza ko‘p. 

Bundan tashqari, jigar ortiqcha tuzdan aziyat chekishi aytilgan. Masalan, bir quti chips yoki “suxarik”da tuzning kunlik qiymatining yarmi bor. Shuningdek, mutaxassislar spirtli ichimliklarni, ayniqsa kuchli spirtli ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilishdan ogohlantirgan, chunki ular jigarni kuchaytirilgan rejimda ishlashiga olib keladi. 

Qayd etilishicha, krekerlar (pechene turi) ham jigarga jiddiy zarar yetkazadi, chunki ular tozalangan uglevod, shakar, makkajo‘xori siropi va oq undan tashkil topgan. Kolbasa mahsulotlarini esa yog‘siz go‘sht mahsulotlariga (tovuq yoki kurka) almashtirish tavsiya etilgan. Shuningdek, mutaxassislar qovurilgan ovqatlardan voz kechishni maslahat bergan.


Maqola muallifi

Teglar

kolbasa jigar kreker suxarik chips

Baholaganlar

1200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing