Mutaxassis to‘g‘ri ovqatlanish uchun arzon mahsulotlarni sanadi 

Salomatlik

image
0:00
0:00
download

Arzon, ammo foydali mahsulotlar ro‘yxatiga grechka, tovuq go‘shti, loviya, tuxum, o‘simlik moyi va zarchuva kiradi. Bu haqda "Sog‘lom ovqatlanish" tadqiqotlari markazining ijrochi direktori Zinaida Medvedeva aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oqsil va vitaminlarga boy tovuq go‘shti yoki baliq asosiy to‘yimli taomlar hisoblanadi. 

Shifokorga ko‘ra, tuxumlarda insult ehtimolini kamaytiradigan aminokislotalarning to‘liq to‘plami mavjud. 

Medvedevaning qo‘shimcha qilishicha, quruq loviya qondagi qand miqdorini barqarorlashtiradi, grechka esa organik kislotalar, kalsiy va foydali mikroelementlarga boy hisoblanadi. 

O‘simlik yog‘i yurak va qon tomirlarining sog‘lig‘ini tiklashga yordam beradi, zarchuva esa kuchli yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.


Maqola muallifi

Teglar

tuxum grechka loviya

Baholaganlar

238

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing