Qozog‘istonga tuxum olib kirish 6 oyga taqiqlandi
Olam
−
22 aprel 2487 1 daqiqa
Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vaziri “Qozog‘iston Respublikasi hududiga yangi tovuq tuxumlarini olib kirishni taqiqlash to‘g‘risida”gi buyruqni imzoladi. Taqiq olti oy davom etadi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlarning etalon nazorat banki saytida keltirilgan.
“Qozog‘iston Respublikasi hududiga uchinchi davlatlardan va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridan barcha turdagi transport vositalarida yangi tovuq tuxumlarini olib kirishga olti oy muddatga taqiq joriy etilsin. Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali yangi tovuq tuxumlarining tranziti, shuningdek, ularning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bir davlat hududidan boshqa a’zo davlat hududiga Qozog‘iston orqali o‘tkazilishi bundan mustasno”, deyiladi buyruqda.
Hujjat kecha, 21 aprel kuni kuchga kirgan, taqiq esa yarim yil davomida amal qiladi.
Parrandachilarning aytishicha, Qozog‘istonda yil davomida tuxum narxi taxminan besh marta turli yo‘nalishlarda o‘zgaradi. Odatda, yozda odamlar tuxum mahsulotlarini sabzavot va mevalar bilan almashtirganlarida narx tushadi. Kuzda esa ishlab chiqaruvchilar yozgi davrdagi zararlarni qoplash uchun tuxum narxini o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqoriroqqa ko‘taradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston mamlakat hududidan benzin, dizel yonilg‘isi va ayrim turdagi neft mahsulotlarini olib chiqishga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqni uzaytirishi haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiDehqonobod tumaniga sel keldi
23 aprel