Qozog‘istonga tuxum olib kirish taqiqlandi
Olam
−
12 dekabr 2752 1 daqiqa
Qozog‘istonda uchinchi mamlakatlardan hamda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan tuxum olib kirishga vaqtincha taqiq joriy qilindi. Bu haqda mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Vazirlik saytida qayd etilishicha, Qishloq xo‘jaligi vazirining buyrug‘iga ko‘ra, barcha turdagi transport vositalari orqali uchinchi mamlakatlardan va YeOII davlatlaridan Qozog‘iston Respublikasi hududiga yangi tovuq tuxumlarini olib kirishga vaqtinchalik taqiq joriy etiladi. Cheklovlar bir oy muddatga belgilanadi.
“Taqiq Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali yangi tovuq tuxumlarining tranzitiga, shuningdek Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bir davlat hududidan ittifoqqa a’zo boshqa davlat hududiga Qozog‘iston hududi orqali olib o‘tilishiga tatbiq etilmaydi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, oziq-ovqat tuxumlarining importiga vaqtinchalik taqiq mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan.
Buyruq kecha, 11 dekabrdan kuchga kirgan.
Live
Barchasi