Mutaxassis smartfondagi “xavfli” dasturdan ogohlantirdi 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Android operatsion tizimida ishlovchi smartfon foydalanuvchilari "juda xavfli" dasturdan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Kiberekspert Zak Doffman o‘zining "Forbes" nashri uchun tayyorlagan maqolasida shunday maslahat bergan. 

Doffmanning ta’kidlashicha, gap bepul va pulli SuperVPN dasturlari to‘plami haqida ketmoqda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xizmatlar 100 million martadan ko‘p yuklab olingan. 

Doffmanga ko‘ra, dasturni ishlab chiquvchilar foydalanuvchilarning maxfiyligini himoya qilishiga va’da beradi, ammo aslida unday bo‘lmaydi. 

Shunday qilib, ilova zararli josuslik dasturlarini yashirishda va ma’lumotlarning tarqalishida ayblanmoqda. 

Doffmanning eslashicha, joriy yil fevral oyida CyberNews tadqiqot guruhi VPN, shu jumladan SuperVPN foydalanuvchilarining ma’lumotlar bazalari xakerlar forumida sotilishi to‘g‘risida ogohlantirgan edi. 

"Agar siz VPN ilovasini o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, taniqli ishlab chiquvchining xizmatini tanlashingiz kerak, unda siz sharhlarni ham tekshirasiz. Shuningdek, bepul dasturlardan qochish kerak, ular bekorga tekin bo‘lmaydi", deb maslahat bergan mutaxassis.


Maqola muallifi

Teglar

smartfon dastur

Baholaganlar

530

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing