Mutaxassis ortiqcha vazndan qutulishning oson usullarini ma’lum qildi

Salomatlik

image

Diyetolog Yelena Solomatina yoz fasliga qadar kuchli cheklov va qiyin mashqlarsiz vazn yo‘qotish sirlarini ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, kam kaloriyali diyetada vazn yo‘qotish mumkin emas, chunki bunday holatda inson organizmi stress holatiga tushib qoladi.

Diyetolog yengil hazm bo‘ladigan oqsil iste’mol qilishni va qovurilgan qizil go‘shtni qaynatilgan go‘shtga almashtirishni tavsiya qilgan. 

Shuningdek, Solomatina ratsionga ko‘proq sabzavot va ko‘katlarni kiritishni, yodga boy dengiz mahsulotlarini va mevalardan xurmo yeyishni maslahat bergan.

Qayd etilishicha, sut mahsulotlari, tuxum va baliq tarkibida ko‘p miqdorda mavjud bo‘lgan D vitamini yetishmasligi tufayli ham vazn ortishi kuzatilishi mumkin. 

Mutaxassis bodring, zanjabil va shakarsiz ko‘k choy ham ozishga yordam berishini ta’kidlagan.

Shifokor kuniga besh mahal ovqatlanishni va tez-tez sabzavot va mevalar yeyishni tavsiya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

vazn

Baholaganlar

737

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing