Mutaxassis organizmni ish tartibiga moslashtirish bo‘yicha maslahat berdi
Salomatlik
−
04 Sentabr 2021
10173Uzoq yozgi ta’tildan so‘ng organizmning ish ritmiga tushib olishi qiyin. Tibbiyot fanlari nomzodi, diyetolog Yelena Solomatina organizmni ish rejimiga moslashtirish jarayonini tezlashtirish haqida ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sinchkovlik bilan tanlangan mahsulotlar yordamida asab tizimini ishlashga sozlash mumkin.
“Nonushta uchun B vitaminlari guruhi kerak. Ular don va javdar nonida uchraydi. Ular donli bo‘tqalar tarkibida ham bor. Bu vitaminlar butun asab tizimi uchun “doping" hisoblanadi, chunki metabolik jarayonlar B vitaminlarisiz sodir bo‘lmaydi. Shu sababli ular ham bolalar, ham kattalarga nonushta uchun asosdir”, degan Yelena Solomatina.
Diyetolog, shuningdek nonushta uchun muntazam ravishda tuxum iste’mol qilishni tavsiya qilgan. Ta’kidlanishicha, u miyani “silkitishga” va to‘g‘ri qarorlarni tezroq qabul qilishga yordam beradi.
“Miyaning kognitiv funksiyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan mahsulotlar bor. Birinchidan, u tuxumlar, ayniqsa ularning sarig‘i. Sarig‘ida xolin bor. U to‘g‘ri so‘zni topishga va to‘g‘ri ta’rifni eslashga yordam beradi. Shu sababli, nonushtada tuxum yeyish juda yaxshi yechim bo‘ladi”, deya maslahat bergan Yelena Solomatina.
LiveBarchasi