Mutaxassis kuzgi uyquchanlikni bartaraf etish usullarini aytdi 

Salomatlik

image

Kuz qanchalik yomg‘irli va tund bo‘lsa, shunchalik ko‘p odamlarni kunduzgi uyqu bosadi. Shifokor-somnolog, Sechenov universiteti uyqu tibbiyoti kafedrasi mudiri Mixail Poluektov bu holatni bartaraf etishning uchta usulini ma’lum qildi. 

“Eng oddiy holatda, agar uyqu bosishi rejimning buzilishi yoki biron bir kasallik bilan bog‘liq bo‘lmasa, bunda oddiy qahva yordam beradi. Kunduzgi uyquni davolashning bitta usuli bor — bu kofein. U barcha tirik mavjudotlarning uyqusizligini kamaytiradigan kimyoviy vosita”, degan Poluektov. 

Shifokorga ko‘ra, agar kunduzi uxlash ishtiyoqi bir kundan ko‘proq davom etsa, u holda uyqu rejimini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. 

“Biz buni kechasi kamida yetti soat uxlashdan boshlashimiz kerak”, degan u. 

Qayd etilishicha, uchinchi variantda odam tunda yetarlicha uxlasa ham, kunduzgi uyqu bosishi davom etadi. 

“Bunday holatda siz shifokorga ko‘rinishingiz kerak. Uyquchanlik ruhiy holat buzilganini ko‘rsatishi mumkin, bu ko‘pincha kuzda avj oladi. Depressiya — bu odamlarning qariyb o‘n foizida uchraydigan keng tarqalgan holat. Ko‘pincha depressiya o‘zini umumiy zaiflik hissi sifatida namoyon qilishi mumkin, ba’zilar buni uxlash istagi deb biladi. Yorqin quyosh nuri yo‘qligi uyquni rivojlanishiga yordam beradi. Bu ruhiy tushkunlikning ko‘rinishlaridan biri”, deb tushuntirgan Poluektov.


Maqola muallifi

Teglar

uyqu kuz

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing