Mutaxassis kimlarga guruch mumkin emasligini aytdi 

Salomatlik

image

Diyetolog Olga Korableva guruchning sog‘liq uchun foydalari va qanday holatlarda uni iste’mol qilish mumkin emasligi haqida ma’lumot berdi. 

Mutaxassis guruchning parhez mahsuloti ekanligini eslatgan: qaynatilgan 100 gramm guruchda atigi 110-120 kaloriya bor. Undagi murakkab uglevodlar esa uzoq vaqt to‘q tutadi va ortiqcha ovqatlanishni oldini oladi. Guruchdagi yog‘ 100 grammga atigi 2,6 grammni tashkil qiladi. 

“Guruch asab tizimi uchun zarur bo‘lgan B vitaminlariga, kaliy, marganets, rux, magniy, fosforga boy. Don yaxshi hazm bo‘ladi, u toksinlardan xalos etadigan tabiiy “sorbent”dir”, degan Korableva. 

Ta’kidlanishicha, guruch oson hazm qilinadi va oshqozon-ichak kasalliklari uchun foydalidir. O‘tkir gastritda suvda tayyorlangan suyuq guruch yormasi tavsiya etiladi. 

Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, agar ich qotish davomiy kuzatilsa, guruchni haftasiga ikki martadan ko‘p iste’mol qilmaslik kerak. 

“Semizlik bo‘lsa, ratsiondan guruchni chiqarib tashlash kerak: bu ichakning harakatchanligi bilan bog‘liq muammolarni kuchaytiradi. Diabetda ham oq guruch tavsiya etilmaydi. Butunlay sog‘lom odam kuniga 200 grammdan ko‘p bo‘lmagan qaynatilgan guruch yeyishi mumkin”, degan Korableva.


Maqola muallifi

Teglar

guruch

Baholaganlar

688

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing