Musulmonlar idorasi Ramazon oyi bo‘yicha bayonot berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston musulmonlari idorasida muborak Ramazon oyini munosib kutib olish va Islom dini tartib-qoidalari asosida oyni kuzatish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan. Bu haqda Musulmonlar idorasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh Ramazon oyi kirishini astronomik tahlillar asosida kuzatib boradi va uning natijalarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashiga kiritadi.

“Ramazon oyi boshlanishi haqidagi xabar Ulamolar kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi”, deyiladi O‘MI bayonotida.

Shu o‘rinda aytish joizki, O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan Qozog‘iston va Qirg‘izistonda Ramazon oyining boshlanish sanasi e’lon qilib bo‘lindi. Ahamiyatlisi, Qozog‘iston diniy idorasi vakillari muqaddas oyning boshlanishi haqidagi qaror O‘zbekiston va Qirg‘iziston ulamolari bilan kelishib, qabul qilinganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon

Baholaganlar

1694

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing