Musulmonlar idorasi koronavirusga aloqador kitob nashr qildi
Jamiyat
−
11 iyun 2020 6810 1 daqiqa
O‘zbekiston musulmonlari idorasi "Movarounnahr" nashriyoti "VABO – insonlar uchun bir sinov" nomli koronavirusga aloqador kitob nashr qildi. Bu haqda idora o‘z veb-portalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kitob butun insoniyatga yuborilgan yuqumli kasallik, unga qanday munosabatda bo‘lish, ommaviy epidemiya - pandemiya sharoitida o‘zni qanday tutish to‘g‘risida. Kitobda Prezident va hukumat tomonidan epidemiyaga qarshi ko‘rilayotgan tadbirlar to‘g‘risidagi Muftiy Usmonxon Alimov va ulamolarning maqolalari joylashtirilgan.
"Sinovlar orqali Alloh o‘z bandalarini sinaydi, O‘ziga yaqinlashtiradi va gunohlarini kechiradi. Muvaffaqiyatlarga erishish uchun mashaqqat talab qilinganidek, Alloh taoloning roziligini topish uchun ham sinovlarga sabr qilish lozim", deyiladi kitob so‘zboshida.
Avvalroq, Musulmonlar idorasi karantin vaqtida masjidlarda namoz o‘qish bo‘yicha bayonot bergan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr