Mustaqillik bayramida xavfsizlikni ta’minlash uchun 30 mingga yaqin xodim jalb qilindi
Jamiyat
−
27 avgust
4907Joriy yilning 23 avgust kunidan 31 avgust kuniga qadar davom etadigan Mustaqillik bayrami tadbirlarini o‘tkazish uchun Respublika hududlarida 16 832 nafar ichki ishlar organlari jalb etiladi. Bu haqda bugun, 27 avgust kuni AOKAda Ichki ishlar vazirligi JXD axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan Respublikaning 213 ta joylarida bayram tadbirlari o‘tkazish rejalashtirilgan.
Tadbirlar davomida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun 16 832 nafar ichki ishlar organlari, 4 677 nafar Milliy gvardiya, 1 943 nafar Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va harbiy xizmatchilari hamda 7 244 nafar jamoatchilik vakillari jalb etilmoqda.
Xodimlarga xizmatda foydalanish uchun 3 037 ta metallodetektor, 1 587 ta avtotransport, 7 881 ta aloqa vositalari va 267 bosh xizmat itlari ajratildi.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, davlat hokimiyati idoralari tomonidan joylarda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan:
IIV JXDning Muvofiqlashtirish va monitoring markazi hamda hududiy IIBlarda maxsus-operativ shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan ob’ektlarda 2 107 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, shundan 452 tasi hududiy ichki ishlar organlariga integratsiya qilindi hamda onlayn nazorat o‘rnatildi.
Tadbir ob’ektlariga fuqarolarni olib borish uchun 440 ta transport vositalari ajratildi.
Shuningdek, barcha ob’ektlar va ularning atrof-hududlarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, avtomashinalar harakatini tartibga solish maqsadida 1 964 nafar YPX xodimlari xizmatga jalb etilgan.
Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylardan 150 metr uzoqlikda 396 ta avtoturargohlar tashkil etilgan.
Bundan tashqari, bayram tadbirlari va xalq sayillari o‘tkaziladigan joylarda transport vositalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelishini oldini olish maqsadida, temir panjara, beton to‘siq va taranlar o‘rnatiladi.
Zaruriy holatlarda esa, ayrim ko‘cha va yo‘llarda harakatning cheklanishi sababli, aylanma yo‘llar tashkil etiladi. Mazkur joylarga faqat xizmat ko‘rsatish transport vositalarining kirishiga ruxsat beriladi.
LiveBarchasi